Toshkent davlat transport universiteti Ma'naviyat portali sahifasi

Toshkent davlat transport universiteti Ma'naviyat portali sahifasi TDTrU-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 4 - maydagi PQ-4703 son qaroriga muvofiq tashkil etildi.

  🎨Qurilish muhandisligi fakulteti universitet foyesida talaba-yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash,...
29/03/2022




🎨Qurilish muhandisligi fakulteti universitet foyesida talaba-yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida master-klass o‘tkazdi.
Ma’lumki, tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi hisoblanadi. Voqelikni osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy san’atga qiziquvchi talabalar ana shunday obrazlarni aks ettirgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Turli iqtidor egalarini birlashtirgan tadbirda talabalar tomonidan jonli musiqiy chiqishlar ishtirokchilar kayfiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Kecha Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik...
28/03/2022

Kecha Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “ZOOM” platformasi orqali Maqsud Shayxzoda ijodiga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv ikki xalq dilbandi shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzoda ijodini chuqur o‘rganish va xalqimiz, ayniqsa, respublika yoshlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, adib hayoti va ijodi ustida ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ana shular xususida batafsil to‘xtaldilar.

  “Elektrotexnika” kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalari bitiruv malakaviy amaliyotni “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UKda mu...
28/03/2022




“Elektrotexnika” kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalari bitiruv malakaviy amaliyotni “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UKda muvafaqqiyatli o‘tamoqdalar.
Talabalar “Elektr apparatlarni ta’mirlash sexi”da amaliyot rahbarlari boshchiligida ish jarayonlarini o‘rganish bilan birgalikda o‘zlari ham shu jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Talabalar o‘quv jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashayotganligidan mamnundirlar. Amaliyot davri talabalarga ishga yo‘llanma olishga va ish boshlaganda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga katta amaliy yordam bo‘lishiga umid qilamiz.

  Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutorlari va “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi assistenti Sh.Sh...
28/03/2022




Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutorlari va “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi assistenti Sh.Sh. Qayumov boshchiligida TLT-4 guruh talabalari uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJda amaliy dars tashkil etildi.
Tashkil etilgan mazkur amaliy dars davomida talabalar yo‘lovchi vagonlarini taʼmirlash va qurish texnologiyasi bilan yaqindan tanishishdi.

5A talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o...
28/03/2022

5A talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda prorektor D.X. Baratov, TTJ direksiyasi vakillari, barcha tarbiyachi-pedagoglar hamda talabalar ishtirok etdi.
Talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar aytildi, QVZ jamoalarining quvnoq chiqishlari, “Ustoz-shogird” an’analariga asoslangan savol-javob ko‘rinishidagi sahna ko‘rinishlari muhitga ko‘tarinkilik baxsh etdi, kitobxonlik mavzusidagi erkin suhbat o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida talabalar turar joyida kitobxonlik tanlovini o‘tkazish, tanlovning birinchi soni O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romaniga bag‘ishlanishi kelishib olindi.

  📌Universitet sport majmuasida Mirobod tumani mahalla-yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.Unda mahallalarni...
25/03/2022




📌Universitet sport majmuasida Mirobod tumani mahalla-yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Unda mahallalarning 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlari orasida mini-futbol sport musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra “Fitrat” mahalla yoshlari 2-o‘rinni, “Furqat” mahalla yoshlari esa 3-o‘rinni egalladi. G‘olib “Yangi zamon” mahalla yoshlari bo‘ldi.
G‘oliblar universitet “Transportchilar” sport klubi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish Oʼzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishiga aylandi.Bu boradagi saʼy-harak...
25/03/2022

“Korrupsiyaga qarshi kurashish Oʼzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishiga aylandi.

Bu boradagi saʼy-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Аgentlik tashkil etildi.

Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va toʼliq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.

Ikki yil avval Oʼzbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga aʼzo boʼlib saylandi.

Oʼzbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qoʼyildi”. Prezident Sh.Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi ma’ruzasidan.

  Bugun erta tongda Toshkent shahri mahalliy aeroportining 3-terminalida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining uchinchi...
25/03/2022




Bugun erta tongda Toshkent shahri mahalliy aeroportining 3-terminalida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining uchinchi Airbus A321 NX havo kemasini qabul qilib olish jarayonida Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti rahbariyati va bir guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda talaba-yoshlarga havo kemasining afzalliklari, texnik ma’lumoti va yo‘lovchilarga bo‘lgan qulayliklar, Airbus A321 NX laynerining boshqa havo kemalaridan farqli jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

[ Photo ]  DIQQAT TANLOV✍️Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida Navro‘z bayramining tarixi, mazmun...
25/03/2022

[ Photo ]



DIQQAT TANLOV

✍️Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida Navro‘z bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan insholar tanlovlari o‘tkazilmoqda. Insho quyidagi mavzulardan birida yozilgan bo'lishi kerak.

☀️ “Navro‘z bayrami tarixi”;
☀️“Navro‘z taomlari tavsifi”;
☀️“Har kuning bo‘lsin Navro‘z”

⚡️Ijodiy ishlar joriy yilning 25-martiga qadar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi (402-xona)da qabul qilinadi.

Tanlov g'oliblari qimmatbaho sovg'alar va diplom bilan rag'batlantiriladi.

Ushbu kanal Toshkent davlat transporti universiteti YouTube kanali. Bu kanal videolari Toshkent temir yo'l muhandislari instituti davridan buyon ishlab kelmo...

[ Photo ]  ⚡️"Maqsud Shayxzoda. Ikki xalq dilbandi" mavzusida talabalar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini📌Qatnashm...
25/03/2022

[ Photo ]



⚡️"Maqsud Shayxzoda. Ikki xalq dilbandi" mavzusida talabalar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini

📌Qatnashmoqchi bo'lgan talabalar quyidagilarni amalga oshirishlari kerak:

✅ 6 kishidan iborat jamoa yig'ish
✅ quyidagi ariza anketasini (https://t.me/M_Shayxzoda_TDTU/294) to'ldirish
✅ ga arizani online yuborish
✅ Botga "Zakovat intellektual shousi uchun" deb yozib qoldirishlari kerak
❗️Arizalar 27-mart soat 12:00.ga qadar qabul qilinadi.

🎁G'olib jamoalar munosib taqdirlanadi

📲Murojaat uchun: +998905715049.

  📌"REKTOR VA YOSHLAR" uchrashuvi⚡️25-mart kuni universitet rektori O.K.Abduraxmanovning Avtomobil yo'llari muhandisligi...
25/03/2022




📌"REKTOR VA YOSHLAR" uchrashuvi

⚡️25-mart kuni universitet rektori O.K.Abduraxmanovning Avtomobil yo'llari muhandisligi fakulteti talabalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

📎 Ochiq muloqot soat 13:00da fakultetning faollar zalida boshlanadi.

[ Photo ] DIQQAT TANLOV✈️ Fuqaro aviatsiyasi agentligi (uzcaa.uz/) logotip yaratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!📌 Tanlo...
25/03/2022

[ Photo ]


DIQQAT TANLOV

✈️ Fuqaro aviatsiyasi agentligi (uzcaa.uz/) logotip yaratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!

📌 Tanlov shartlari:
-tashkilotning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
-betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʼlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
-zamonaviy, oʼziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʼlishi lozim.

🔷 har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
🔷logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʼrinishda – PNG va JPG formatda telegramga yuborilishi talab etiladi.

👉 Logotip Fuqaro aviatsiyasi agentligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʼrib chiqiladi.

🔰 Tanlov 2022-yil 28-martgacha davom etadi.

🏆 Gʼolib boʼlgan 1,2,3-oʼrinlar 2022-yil 30-martda eʼlon qilinadi hamda sovgʼa va diplomlar bilan ragʼbatlantiriladilar.

Address

Адылходжаева 1
Tashkent
100167

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 13:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent davlat transport universiteti Ma'naviyat portali sahifasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share