Uzbekistan State World Languages University

Call Directions Website

Uzbekistan State World Languages University The Uzbekistan State University of World Languages was organized by the decree of the President of the Republic of Uzbekistan (№ 401, May 12, 1992).
(245)

27/10/2026

🎥 “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVIDAN VIDEOLAVHA

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 26-oktabr kuni “Giyohvandlikka “YÖQ”deyiş — orzularga “HA” deyiş!” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzularida ötkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovidan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBATÖzbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida 3-bosqiç tala...
27/10/2026

TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBAT

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida 3-bosqiç talabalari iştirokida tyutor M. Yuldoşeva taşabbusi bilan psixologik suhbat taşkil etildi.

Universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva iştirokida ötgan suhbatda talabalarning ruhiy holatini qöllab-quvvatlaş, öziga bölgan işonçini mustahkamlaş, ijobiy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş hamda stressli vaziyatlarni boşqariş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv davomida interaktiv öyinlar va psixologik maşqlar ötkazilib, talabalar örtasida özaro işonçni mustahkamlaş, jamoada işlaş könikmalarini rivojlantiriş va şaxsiy imkoniyatlarni anglaşga alohida eʼtibor qaratildi.

Bunday suhbatlar talabalarning ruhiy barqarorligini mustahkamlaş, şaxsiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş hamda taʼlim jarayonida öziga bölgan işonçini oşirişga yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

📸 “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVIÖzbekiston davlat jahon tillari universitetida 26-oktabr kuni bölib ötgan “Giyohv...
27/10/2026

📸 “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVI

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 26-oktabr kuni bölib ötgan “Giyohvandlikka «YÖQ» deyiş — orzularga «HA» deyiş!” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzularida ötkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🏆 “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida...
27/10/2026

🏆 “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI

26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Giyohvandlikka «YÖQ» deyiş — orzularga «HA» deyiş!” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzulariga bağişlangan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi ötkazildi.

Tanlov davomida talabalar sahna körinişlari orqali giyohvandlikning inson hayoti va kelajagiga salbiy ta'sirini yoritib, yoşlarni soğlom turmuş tarziga amal qilişga hamda zararli illatlardan yiroq bölişga çorladi. Iştirokçilar özlarining ijodiy yondaşuvi va sahna mahoratini namoyon etdilar.

Ğolib jamoalar universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tanlov natijalariga köra, ğoliblar quyidagiça aniqlandi:

🥇 1-örin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Közmunçoq” talabalar teatr studiyasi — 9 000 000 söm pul mukofoti.

🥈 2-örin — Ingliz tili 1-fakultetining “Zafaron” talabalar teatr studiyasi — 6 000 000 söm pul mukofoti.

🥉 3-örin — Ingliz filologiyasi fakultetining “Ibratxona” talabalar teatr studiyasi — 3 000 000 söm pul mukofoti.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, teatr san'atiga bölgan qiziqişini oşiriş hamda yoşlar örtasida giyohvandlikka qarşi kuraşiş ğoyalarini tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ğolib jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoşlar örtasida “Giyohvandlikka «YÖQ» deyiş — orzul...
27/10/2026

26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoşlar örtasida “Giyohvandlikka «YÖQ» deyiş — orzularga «HA» deyiş!” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzulariga bağişlangan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi bölib ötdi.

Tanlovni ma’naviy-ma'rifiy işlar böyiça birinçi prorektor Valijon Sadiyev oçib berib, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, giyohvandlikning oldini oliş va talabalarning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşda bunday tadbirlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Tanlovda hakamlar hay’ati a’zolari sifatida Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti sahna nutqi kafedrasi mudiri, san’atşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent Ibragimova Umida Navrözovna hamda mazkur kafedra dotsenti, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi Jumanov Isoqtoy Muhammedoviç iştirok etişdi.

Tanlov davomida talabalar özlarining sahna mahorati, ijodiy yondaşuvi va obrazlarni mahorat bilan gavdalantiriş qobiliyatini namoyon etdilar. Sahna körinişlarida giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri yoritilib, yoşlarni zararli odatlardan yiroq bölişga, öz oldiga ezgu maqsadlar qöyişga hamda hayotiy qarorlarni mas’uliyat bilan qabul qilişga undovçi ğoyalar ilgari surildi.

Hakamlar hay’ati iştirokçilarning ijrosini sahna mahorati, ijodiy yondaşuvi, mavzuning mazmunini oçib berişi va tarbiyaviy ahamiyati asosida baholadi.

Mazkur tanlov talabalarning teatr san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va jamoaviy işlaş könikmalarini mustahkamlaş bilan bir qatorda, giyohvandlikka qarşi kuraşiş hamda yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

UNIVERSITETDA KOMPLEKS DAVLAT AKKREDITATSIYASIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDIBugun, 2026-yil 26-oktabr kuni ...
27/10/2026

UNIVERSITETDA KOMPLEKS DAVLAT AKKREDITATSIYASIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun, 2026-yil 26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligida universitet rahbariyati vakillari iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan ötkazişga tayyorgarlik jarayoni, içki baholaş hisobotida belgilangan mezon va indikatorlarning bajarilişi, tegişli hujjatlarni şakllantiriş hamda masʼul rahbarlar tomonidan zarur maʼlumotlarni öz vaqtida taqdim etiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, içki baholaş hisobotidagi jadvallarning töliq şakllantirilişi, taʼlim sifatini taʼminlaşga oid körsatkiçlarning bajariliş holati va kompleks davlat akkreditatsiyasiga oid hujjatlarning Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligining axborot tizimiga yuklaniş darajasi körib çiqildi. Taʼlim dasturlari kesimida hujjatlarni yuklaş holati tahlil qilinib, bajarilişi yakunlanmagan yönalişlar böyiça işlarni jadallaştiriş zarurligi taʼkidlandi.

Yiğiliş davomida, şuningdek, universitet huzurida taşkil etilgan kasbiy qayta tayyorlaş va kasbga tayyorlaş kurslarining yönalişlari, hamkor taşkilotlar bilan olib borilayotgan işlar, öquv jarayonlarini taşkil etiş, kurslar muddati va narxlari hamda bitiruvçilarga beriladigan hujjatlar bilan boğliq masalalar yuzasidan maʼlumotlar körib çiqildi.

Muhokamalar yakunida masʼul rahbarlarga belgilangan mezon va indikatorlar ijrosini taʼminlaş, yetişmayotgan hujjatlarni töldiriş, taʼlim dasturlari böyiça maʼlumotlarni axborot tizimiga töliq yuklaş hamda akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik işlarini izçil davom ettiriş böyiça tegişli vazifalar belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

QOZOĞISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VAKILLARI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI2026-yil 26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon til...
27/10/2026

QOZOĞISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VAKILLARI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI

2026-yil 26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Qozoğiston oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Qozoq-nemis universiteti prezidenti doktor Şolrad Rommel, Qozoğiston Milliy ayollar pedagogika universiteti Boşqaruv raisi — rektori Beybitkul Karimova Sarsemaxanovna hamda Xalqaro hamkorlik departamenti xodimi Aydana Nurtaza iştirok etdi.

ÖzDJTU tomonidan universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektor A. Nasirov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillaev, Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri I. Ziyadullaev va kafedra dotsenti, PhD G. Rahimova qatnaşdi.

Muloqot davomida talabalar uçun akademik mobillik va stajirovka dasturlarini yölga qöyiş, professor-öqituvçilar malakasini oşiriş, xalqaro munosabatlar va siyosatşunoslik yönalişlarida kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, xalqaro anjumanlar va seminarlar taşkil etiş, professor-öqituvçilarning xorijiy stajirovkalarini yölga qöyiş, ularning xorijiy oliy taʼlim muassasalarida maʼruzalar öqiş imkoniyatlarini kengaytiriş, Markaziy Osiyoda nemis tilini ommalaştirişga qaratilgan qöşma tanlovlar, olimpiadalar hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni ötkaziş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan anglaşuv memorandumlari imzolandi. Mazkur kelişuvlar akademik almaşinuvni kengaytiriş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, taʼlim va ilmiy faoliyat sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

ÖZDJTU vakili Polşada xalqaro ilmiy seminar va malaka oşiriş dasturida iştirok etdi2026-yil oktabr oyida Özbekiston davl...
27/10/2026

ÖZDJTU vakili Polşada xalqaro ilmiy seminar va malaka oşiriş dasturida iştirok etdi

2026-yil oktabr oyida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili integrallaşgan kursi №1 kafedrasi mudiri Ş. Ismatova Polşa Respublikasida taşkil etilgan xalqaro ilmiy seminar va malaka oşiriş dasturida iştirok etdi.

Xalqaro seminar doirasida Ş. Ismatova «Beyond Equal Treatment: Culturally Responsive Assessment in Multicultural Classrooms» mavzusida maʼruza qildi. Unda köp madaniyatli taʼlim muhitida baholaş jarayonini madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda taşkil etiş hamda taʼlim oluvçilar uçun teng imkoniyatlarni taʼminlaş masalalari yoritildi.

Dastur davomida Varşava universiteti (University of Şarsaş) va Yagellon universiteti (Jagiellonian University) faoliyati bilan tanışilib, mazkur oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy taʼlim texnologiyalari, pedagogik yondaşuvlari va öquv jarayonini taşkil etiş tajribasi örganildi. Şuningdek, nazariy va amaliy maşğulotlar orqali ilğor öqitiş metodlari bilan yaqindan tanışiş imkoniyati yaratildi.

Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar, tadqiqotçilar va soha mutaxassislari bilan fikr almaşilib, kasbiy bilim va könikmalarni rivojlantiriş hamda xalqaro akademik hamkorlik istiqbollarini kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mazkur dasturda iştirok etiş ÖzDJTU professor-öqituvçilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni taʼlim jarayoniga tatbiq etiş va universitetning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş uçun muhim imkoniyat böldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

TAʼLIM MUHITIDA BULLING, TAZYIQ VA ŞILQIMLIKNING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN SEMINAR-TRENINGÖzbekiston davlat jahon tillari...
27/10/2026

TAʼLIM MUHITIDA BULLING, TAZYIQ VA ŞILQIMLIKNING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida IPMBIB boşliği F. Xabiyeva hamda bölim mutaxassisi N. Israilova taşabbusi bilan «Taʼlim muhitida bulling, tazyiq va şilqimlikning oldini oliş» mavzusida seminar-trening ötkazildi.

Tadbir davomida talabalarga bulling, tazyiq va şilqimlik tuşunçalari, ularning oldini oliş çoralari, salbiy oqibatlari hamda şunday holatlarga duş kelganda töğri harakat qiliş yöllari haqida maʼlumot berildi.

Seminar-trening talabalarda özaro hurmat, bağrikenglik va tazyiq holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, şuningdek, xavfsiz va erkin taʼlim muhitini taʼminlaşga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

ÖzDJTUda dissertatsiya işi muhokamasiga bağişlangan ilmiy seminar bölib ötdi26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tilla...
27/10/2026

ÖzDJTUda dissertatsiya işi muhokamasiga bağişlangan ilmiy seminar bölib ötdi

26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Saidnazarova Saodat Kurbonboyevnaning 10.00.13 – Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik ixtisosligi böyiça filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan «Publitsistikada manipulyativ belgilarning lingvopragmatik aspekti (ingliz va özbek gazeta matnlari misolida)» mavzusidagi dissertatsiya işi muhokamasiga bağişlangan ilmiy seminar bölib ötdi.

Seminar oflayn va Zoom onlayn platformasi orqali taşkil etildi. Muhokama davomida dissertatsiya işining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi va tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavzuga oid savollar muhokama qilindi.

Seminar yakunida tadqiqotning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikrlar almaşildi. Bildirilgan tavsiya va mulohazalar dissertatsiya işini yanada takomillaştiriş hamda tadqiqot natijalarining ilmiy qiymatini oşirişga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Address

University Address: 21a, Block G-9a, S. Yusupov Street
Tashkent
100138

Opening Hours

Monday 09:00 - 06:00
Tuesday 09:00 - 06:00
Wednesday 09:00 - 06:00
Thursday 09:00 - 06:00
Friday 09:00 - 06:00
Saturday 09:00 - 03:00

Telephone

+998712755544

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzbekistan State World Languages University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share