Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdiTermiz davlat universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonid...
16/09/2023

Hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o'tgan o'quv yili mobaynida oliygohda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o’tkazildi. Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo’lim boshlig’i F.Sultonov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet yetakchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida oliygohda Yoshlar yetakchisi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo’lim boshlig’i F.Sultonov tomonidan yoshlar yetakchisiga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, universitetda yoshlar masalasiga doir ishlar bilan ham tanishildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

15/09/2023
 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindiTermiz davl...
15/09/2023



Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Jo‘rayev Nabi Narziyevichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha ““Badiiy matnlarni lingvomadaniy tahlil qilishning nazariy asoslari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

👏 Fakultet jamoasi nomidan Nabi Narziyevichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.

🌷Universitet olimlarining safi kengayaversin.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo’lishdiTermiz davlat universitetida Bandixon tumanidagi "Xo'jaipok Tos...
15/09/2023

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo’lishdi

Termiz davlat universitetida Bandixon tumanidagi "Xo'jaipok Toshkent" qo'shma korxonasi bosh direktori, tadbirkor Tojimurod Ergashev bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda Rus va qardosh tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor P.Bakirov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i A.Abdurahmonov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirkor talabalarga kasbiy faoliyati, ilk qadamlari, yoʻlida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalari haqida soʻzladi. Muloqot chogʻida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, moliya, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarga aloqador dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. T.Ergashev talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.  

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida "Ayol qismati" nomli badiiy film namoyish etildi. Filmni Yoshl...
15/09/2023

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida "Ayol qismati" nomli badiiy film namoyish etildi. Filmni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, universitet rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Tolipov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Termiz shahar xodimi F.Abdumannotov, tyutorlar va talaba-yoshlar birgalikda tomosha qilishdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

 Bugun Termiz davlat universitetida dzyudo bo’yicha olimpiada ishtirokchisi Hikmatullo To’rayev bilan uchrashuv bo’lib o...
15/09/2023



Bugun Termiz davlat universitetida dzyudo bo’yicha olimpiada ishtirokchisi Hikmatullo To’rayev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mehmonlar qatoridan Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig’i Bekzod To’raboyev ham o’rin oldi.

Tadbirda sportchi bosib o’tgan mashaqqatli yo’l, mashg’ulot jarayonlari, orzu va maqsadlari haqida so’zlab berdi. Chempionning “Master klass” o’tib bergani esa talabalarga unutilmas onlarni hadiya etdi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Sportni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shayotgan iste’dodli talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetida tahsil oluvchi talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tas...
15/09/2023

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetida tahsil oluvchi talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda univetsitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  Kengash raisi  D.Xamzyeva, Milliy libos va san'at fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Rajabova, tarbiyachi va talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida universitet ichki-tartib qoidalariga rioya qilish, talaba-qizlarning ijtimoiy, psixologik muammolarini o‘rganish va hal qilishga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish haqida so'z yuritildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

"Ayol qismati" nomli badiiy film talabalar e’tiboriga havola etildi🏛Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar z...
15/09/2023

"Ayol qismati" nomli badiiy film talabalar e’tiboriga havola etildi

🏛Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida "Ayol qismati" nomli badiiy film namoyish etildi. Filmda yot g’oyalar ta’siriga tushgan holda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.

Filmga badiiy sayqal berilgan bo‘lsada undagi personajlar oramizdagi kishilardir. Ularni achinarli taqdiridan har birimiz to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz lozim. Film tinch omon baxtli hayot kechirish ham, aksincha uni barbod qilish ham har bir insonning o‘z qo‘lida ekanini tasvirlaydi. Film talabalarda ana shunday taassurot qoldirdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

🏛Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida “Ota-onalar” forumi o'tkazildi.✅Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rif...
15/09/2023

🏛Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida “Ota-onalar” forumi o'tkazildi.

✅Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, universitet rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, I.Tolipov, Tarix fakulteti dekani Sh.Abdulloyev, Jahon tarixi kafedrasi mudiri S.Tursunov, O'zbekiston tarixi va manbashunosligi kafedrasi mudiri Sh.Shaydullayev, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

🔰Forum davomida universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o...
15/09/2023

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi.

⚜Unda Termiz davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, Kimyo fakulteti dekani H.To'rayev, fakultetning professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

✅Oliygohda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar, o‘quv jarayoni, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, fan, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

🔰Uchrashuv so'nggida ota-onalar va talabalar so'zga chiqib universitet hamda fakultet rahbariyatiga yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida ota-onalar uchrashuvi o'tkazildi✅Unda Yoshlar masalalari va ma...
15/09/2023

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida ota-onalar uchrashuvi o'tkazildi

✅Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudoyqulov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Jumayev, Xorijiy filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bòyicha dekan maslahatchisi G.Ibodullayeva, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

⚜Uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar,  universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etib o‘tildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Xalqaro tajribalar yuksak marralarga yoʻl ochadiTermiz davlat universitetida xorijiy oliy va oliy taʼlim muassasasalarin...
15/09/2023

Xalqaro tajribalar yuksak marralarga yoʻl ochadi

Termiz davlat universitetida xorijiy oliy va oliy taʼlim muassasasalarining yuqori salohiyatli, tajribali olim hamda mutaxassislarini ilm-fan va taʼlim jarayoniga jalb etish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi. Keyingi ikki yilda yuqori salohiyatli 73 nafar xorijiy professor-oʻqituvchi oʻquv-amaliyot ishlariga jalb qilindi. Universitetning 110 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilari xorijiy OTMda malaka oshirdi.

Soʻnggi 2,5 yilda 13,1 mlrd soʻm qiymatga ega davlat granti va xalqaro loyihalar bajarildi. Universitetda yana qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda Termiz davlat universiteti Malayziyaning bir qancha universitetlari bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻygani ham universitet nufuzi, ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda Malayziyaning Perlis, Terengganu va Utara universitetlaridan professor-oʻqituvchilar hamda talabalardan tashkil topgan delegatsiya TerDUda boʻlib turibdi. Dastlabki uchrashuv delegatsiya aʼzolari va universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektori R.Toʻrayev bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda malayziyalik professor-oʻqituvchilar oʻz universitetlari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, taqdimot davomida oliygohimizda ingliz tilini oʻrgatish markazini tashkil etish loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari universitetda yaratilgan zamonaviy qulayliklar, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, 1850 oʻrinli yangi oʻquv binosida talabalarning jahon andozalari asosida tahsil olishlari uchun yaratilgan qulayliklarni mehmonlar alohida eʼtirof etishdi. Auditoriyalarda olib borilayotgan dars mashgʻulotlarida boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, delegatsiya aʼzolari 2 hafta davomida TerDUda boʻlib, talabalarga maʼruza –mashgʻulotlarini oʻtib berishadi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 You tube|🌐Sayt

Address

Termiz Sh, Barkamol Avlod Ko‘chasi, 43
Termiz
190111

Telephone

+998762217455

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Termiz davlat universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share