Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti matbuot xizmati

🇺🇿 🇹🇷 Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ayni kunlarda Turkiya Respublikasida x...
21/08/2026

🇺🇿 🇹🇷 Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdi. Bugun rektor Turkiyaning Aksaray shahrida bo’lib, u yerda universitetlar bilan muzokaralardan so’ng, kutubxona va muzeylarda bo’ldi.

Xususan, Aksaray universiteti kutubxonasida va Somuncu Baba muzeyi bilan tanishish jarayonida buyuk mutafakkir allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy haqidagi ma’lumotlardan, Amir Temur haqidagi turk tilidagi kitoblar bilan tanishdilar.

  |  🇺🇿 🇹🇷 Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ayni kunlarda Turkiya Respublikas...
21/08/2026

|
🇺🇿 🇹🇷 Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdi. Bugun rektor Turkiyaning Aksaray universitetida bo’lib, u yerda rektor Alpay Arıbash hamda prorektor Ershan Severlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi orqali o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qisqa muddatli va semestrlik o‘quv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro grantlar va ilmiy maqolalarda hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar yakunida Urganch davlat universiteti va Aksaray universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

21/08/2026

|

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusida xalqaro yozgi maktab dasturi bo'lib o'tdi.

Rasmiy munosabatBugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Urganch davlat universiteti mas’ullaridan biri talabalardan forma talab...
21/08/2026

Rasmiy munosabat

Bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Urganch davlat universiteti mas’ullaridan biri talabalardan forma talab qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushba masala yuzasidan Urganch davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Avvalo, universitetda shu paytgacha talabalar uchun majburiy forma joriy etilmagan va forma kiyish talabi qo‘yilmagan. Universitet jamoasi talabalarning shaxsiy tanlovi, xohish istagi va erkinligini doimo hurmat qiladi.

Shu bilan birga, universitet muhitiga xos bo‘lgan ozodalik, saranjomlik, estetik did va munosib ko‘rinish madaniyatini shakllantirish masalalarini ham muhim hisoblaydi. Chunki talaba, avvalo, universitetning yuzi. Uning bilimi, odobi, muomalasi va ko‘rinishidagi madaniyati ham ta’lim dargohining umumiy muhitini aks ettiradi.

Shuning uchun universitetda umumiy ma’noda talabalarning ta’lim muassasasiga munosib qiyofada bo‘lishi, zamonaviy, chiroyli, ozoda kiyinish, o‘zlarini munosib tutishlari bo‘yicha tavsiyalar berib boriladi. Zero, bular faqat tavsiya sifatida, majburiyat emas.

Shu bois, universitetda «forma kiyish shart» degan talab qo‘yilgani haqiqatdan yiroq. Tanlov faqat talabalarimizniki, tavsiyalar esa madaniyatimiz va estetik did uchun.

Shuningdek, tarqalgan xabarlarda universitet mas’ullaridan birining audioyozuvi haqida aytilgan. Shu o‘rinda, biror xodimning audiyozuvi mavjud bo‘lgan taqdirda ham uni universitetning rasmiy pozitsiyasi sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas. Alohida shaxsning og‘zaki fikri yoki topshirig‘i universitetning rasmiy qarori va umumiy siyosatini anglatmaydi.

Aziz do‘stlar, Urganch davlat universiteti faoliyati doimo ochiqlik, qonuniylik va xolislik tamoyillariga asoslanadi, shunday ekan biz doimo barcha OAVlariga ochiqmiz va shu o‘rinda OAVlaridan ham faqat to‘g‘ri va asoslangan ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz.

UrDU Matbuot xizmati

  Urganch davlat universitetida Xalqaro yozgi maktab dasturi o'z nihoyasiga yetdiAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch dav...
21/08/2026



Urganch davlat universitetida Xalqaro yozgi maktab dasturi o'z nihoyasiga yetdi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusidagi Xalqaro yozgi maktab dasturi o‘z yakuniga yetdi.

Besh kun davom etgan dasturda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ta’lim metodlari, tarjimada sun’iy intellektdan foydalanish, madaniyatlararo muloqot, ilmiy loyihalar hamda PhD ta’limiga oid qator seminar va master-klasslar o‘tkazildi.

Bugun dastur doirasida yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yozgi maktab davomida faol ishtirok etgan qatnashchilarga minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, dasturga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar, tashkilotchilar va faol ishtirokchilarning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.

Mazkur Xalqaro yozgi maktab ilmiy tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 UrDU FMI ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi o'quv yili qabuli uchun imtihonlar boshlandiBugun, 21-avgust sanasida Abu ...
21/08/2026



UrDU FMI ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi o'quv yili qabuli uchun imtihonlar boshlandi

Bugun, 21-avgust sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv yili qabuli uchun imtihonlar boshlandi. Imtihon avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘.Raximov ishtirokchilarga imtihon tartibi va jarayonning borishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Kirish imtihonlari Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari ishtirokida, belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, jarayonlarning xolis va shaffof o'tishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Test sinovlari ikki yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:
“Matematika–Fizika” hamda “Matematika–Ingliz tili”

Imtihonda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni:
7-sinflar — 307 ta
8-sinflar — 152 ta
9-sinflar — 89 ta
10-sinflar — 66 ta
11-sinflar — 13 ta

Barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

  |  🇺🇿🇹🇷 Shu kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida Xalqaro hamkorlik bo’yicha p...
20/08/2026

|
🇺🇿🇹🇷 Shu kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Oybek Sotiboldiyev va Protokol xizmati rahbari Dilfuza Xajiyevalar Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdilar.

Bugun rektorimiz boshchiligida delegatsiya Antalya Belek universitetiga tashrif buyurib, universitet prorektori Mustafa Fadil So’zen (universitetning sobiq rektori) va universitet Kuzatuv kengashi raisi Ilker Tuncay (Turkiyaning sobiq Qishloq xo’jalik vaziri) bilan muloqot olib bordilar. O’zaro muzokaralar natijasida ikkala OTMlar o’rtasida o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik shartnomasi imzolandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

19/08/2026



UrDUda Yoshlar Parlamenti raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

UrDUda Yoshlar Parlamenti raisi bilan uchrashuv o‘tkazildiBugun O‘zbekiston Yoshlar Parlamenti raisi Otabek Sobitov Urga...
19/08/2026

UrDUda Yoshlar Parlamenti raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Yoshlar Parlamenti raisi Otabek Sobitov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, universitetning faol talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z yuritildi. Muloqotda Yoshlar Parlamentining faol a’zolari ham ishtirok etib, talaba-yoshlarga siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashish, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zLiDeP Xorazm viloyati kengashi tashkiliy bo'lim mudiri Sh. Atajonov ishtirok etib, yoshlarga partiya faoliyati, unga a’zo bo‘lish tartibi hamda talaba-yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv davomida Urganch davlat universitetida “Yoshlar Parlamenti modeli” xonasini tashkil etish, universitet tajribasini respublika miqyosida namunali loyihaga aylantirish, shuningdek, “Yosh siyosatchilar” marafoni va Respublika Yoshlar Parlamenti forumini universitetda o‘tkazish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.

Muloqot yakunida yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi, shuningdek, mehmon vakillarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

NamDU rektori Urganch davlat universitetida bo’ldiNamangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Urganch ...
19/08/2026

NamDU rektori Urganch davlat universitetida bo’ldi

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Urganch davlat universitetida bo‘ldi. Mehmonni Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova samimiy kutib olib, universitetning zamonaviy infratuzilmasi hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, rektorlar ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Address

14, Kh. Alimdjan
Urgench
220100

Telephone

+998622246700

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti:

Shortcuts

Share