Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Call Directions Website Contact the university

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi

23/10/2026



TKTI Yangiyer filiali talabalari “Milliy liboslar” çellenjida faol iştirok etmoqda!

 Mirzaobod tumani muhandislik maktabi öquvçilari filialimizda ta’lim imkoniyatlari bilan tanişdiToşkent kimyo-texnologiy...
23/10/2026



Mirzaobod tumani muhandislik maktabi öquvçilari filialimizda ta’lim imkoniyatlari bilan tanişdi

Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Mirzaobod tumani Muhandislik maktabining 9-sinf öquvçilari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” tașkil etildi.

Tadbir davomida öquvçilar filialda talabalar uçun yaratilgan şaroitlar, mavjud ta’lim yöna­lişlari hamda zamonaviy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.

Tashrif doirasida filialda faoliyat yuritayotgan Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik öquv markazida öquvçilar uçun amaliy mașğulot ötkazildi. Mașğulot davomida ularga sun’iy intellekt texnologiyalari, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalarining zamonaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Şuningdek, öquvçilar Yoshlar sanoat texnoparki hamda Energetika texnoparki faoliyati bilan tanişdilar. Ular mazkur maskanlarda amalga oşirilayotgan innovatsion loyihalar, sanoat va energetika sohalaridagi zamonaviy texnologiyalar hamda istiqbolli yöna­lişlar haqida tasavvurga ega böldilar.

Mazkur tashrif öquvçilarning muhandislik va axborot texnologiyalari sohalariga bö­lgan qiziqişini oşiriş, kasbiy yöna­lişini belgilashga kömaklaşiş hamda nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishga xizmat qildi.

22/10/2026



25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatingiz doimo qadrlansin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

22/10/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Kiberxavfsizlik klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar o‘rtasida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Klubning asosiy maqsadi — yoshlarning texnik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar orqali kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularni raqamli tahdidlarga qarshi kurashish va axborot xavfsizligini ta’minlashga tayyorlashdan iborat.

💻 Klub faoliyati davomida talabalar zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish, kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy tajriba orttirish va o‘z bilimlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

21/10/2026



“Raqamli xavfsizlik — o‘z qo‘limizda!”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari “APK Qo‘riqchi” chellenji orqali barchani kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga, zararli ilovalardan himoyalanishga hamda raqamli xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chorlaydi!

 Xalqaro hamkorlik doirasida investitsiyaviy kelishuv imzolandiToshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali ham...
21/10/2026



Xalqaro hamkorlik doirasida investitsiyaviy kelishuv imzolandi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin Tensi Technology kompaniyasi o‘rtasida yangi energetika mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki investitsiyaviy kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida O‘zbekiston hududida yangi energetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Hamkorlik jarayonida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, talabalar uchun dual ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

17/10/2026



Tianjin qishloq xo‘jaligi universitetining 50 yillik yubileyida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali vakillari ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin shahrida Tianjin qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan tantanali yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali vakillari ham ishtirok etdi.

Tantanali tadbir davomida filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari G‘iyos Doniyarov nutq so‘zlab, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi.

O‘z nutqida universitetning yarim asrlik faoliyati davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, universitet rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin qishloq xo‘jali...
17/10/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin qishloq xo‘jaligi universitetiga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali vakillari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Tianjin qishloq xo‘jaligi universitetining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqda. Unda filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari G‘iyos Doniyarov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Rustam Mahmudov qatnashmoqda.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati va mas’ul vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalar sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, filial vakillari universitetning zamonaviy texnoparki, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ishlab chiqarish majmualari va texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

16/10/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida o'tkazilgan II xalqaro ilmiy-texnik konferensiya Sirdaryo MTRK telekanali nigohida

16/10/2026



“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish va talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Address

Tinchlik
Yangiyer
121001

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998955115856

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali:

Shortcuts

Share