Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Rektor: Maxkamov Baxtiyor
(1)

       📢VAKANT O‘RINLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI!🎓2026/2027-o‘quv yili uchun 56,7 ball va undan yuqori natija q...
22/08/2026



📢VAKANT O‘RINLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI!

🎓2026/2027-o‘quv yili uchun 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi.

❗80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud.

Tanlovda:
🔺fanlar majmuasi mos;
🔺ta’lim tili mos;
🔺vakant o‘rin mavjud bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlarini tanlash mumkin.

📅Ro‘yxatdan o‘tish: 22–28-avgust
🌐Manzil: my.uzbmb.uz

📌Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

✍️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Tanlov 28-avgust kuni yakunlanadi.

📞Call-center: +998 71 238-55-55

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

 💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yich...
22/08/2026



💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

🇺🇿Oliy Majlis Senatining 2026-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, avgust oyida Toshkent shahrida yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moli, ularning tarqalish sabablari hamda profilaktika ishlarining samaradorligini o‘rganish belgilangan.

🗓Mazkur topshiriq ijrosi doirasida ishchi guruh rahbari Boborajabov Bahodir Nasriddinovich boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari — Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Aripova Shaxlo Abrorovna hamda TKTI departament boshlig‘i G‘oziyev Ravshan Turg‘unovich tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

💬Jarayon davomida universitetda yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’molining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

✍️Shuningdek, talabalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish holati ham tahlil qilindi va tavsiyalar berildi.

✈️

     📌2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN SUPER-KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDIMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tex...
19/08/2026



📌2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN SUPER-KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.

📊To‘lov miqdori abituriyentning kirish imtihonida to‘plagan bali hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab belgilanadi.

📚Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha super-kontrakt miqdorlari yuqoridagi jadvallarda keltirilgan.

Abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdori bilan jadvallar orqali tanishishlari mumkin.

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.Tal...
19/08/2026

Aziz yoshlar!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.

Talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqichni boshlamoqdasiz. Bu yutuq ortida yillar davomidagi mehnat, izlanish, ustozlar sabog‘i va ota-onalar ishonchi mujassam.

Sizlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi, Muhtaram Prezidentimiz yuksak ishonch bildirgan yoshlarsiz. Oldingizda katta imkoniyatlar va ulkan maqsadlar turibdi.

Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonaman.

Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!

Talabalik baxti muborak bo‘lsin!

     🇺🇿🇨🇳TATU DELEGATSIYASI XITOYDA TRENINGDA ISHTIROK ETDI1–15-avgust kunlari TATU professor-o‘qituvchilaridan iborat d...
19/08/2026



🇺🇿🇨🇳TATU DELEGATSIYASI XITOYDA TRENINGDA ISHTIROK ETDI

1–15-avgust kunlari TATU professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Xitoyning Huazhong University of Science and Technology (HUST) universitetida tashkil etilgan China–Central Asia Advanced Computing Training Program treningida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🔵Trening davomida ishtirokchilar zamonaviy hisoblash texnologiyalari va ilg‘or kompyuter tizimlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

🔵Mazkur dastur TATU professor-o‘qituvchilarining xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qildi.

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bo...
18/08/2026

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.

18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

✅ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamadaBugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texno...
17/08/2026

✅ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B. Maxkamov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📝Yig‘ilishda:
🟢Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash;
🟢yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish;
🟢talabalar turar joylarida qulay shart-sharoitlar yaratish;
🟢ijara-xonadonlar bazasini doimiy yangilab borish;
🟢qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga sodda va tushunarli shaklda yetkazish

bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim va qulay talabalik muhiti sari muhim qadam!

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilinyapti⚡️  1-avgustdan e'tiboran talabalar turar joyi (yotoqxona)ga joylash...
17/08/2026

Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilinyapti

⚡️ 1-avgustdan e'tiboran talabalar turar joyi (yotoqxona)ga joylashish uchun arizalar qabul qilina boshlandi.

Ariza my.gov.uz portali orqali topshiriladi.
📝 Tartib Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
📝 Dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar turar joyga qabul qilinadi.
📝 So'ngra ortib qolgan o'rinlar umumiy ro'yxat bo'yicha navbat asosida taqsimlanadi:
✅ 1-kurs — 55–65%
✅ 2-kurs — 15–20%
✅ 3-kurs va undan yuqori — 20–25%gacha

Arizalar qabuli 1-avgustdan o'quv yili yakuniga qadar davom etadi.

❕ Nima o'zgardi?
🔘 Endi turar joyga joylashish va vaqtincha ro'yxatdan o'tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik amalga oshiriladi. Ilgari bu ikki jarayon uchun alohida hujjat yig'ib, turli idoralarga murojaat qilish talab etilardi — endi ular birlashtirildi.

Jarayon quyidagicha kechadi:
✅ Arizangiz ko'rib chiqilib, elektron shartnoma va yo'llanma taqdim etiladi.
✅ Shartnomadagi to'lovni amalga oshirganingizda kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro'yxatga olish uchun to'lov shakllanadi.
✅ Ro'yxatga olish to'lovidan so'ng turgan joyingiz bo'yicha qayd varag'i beriladi.

🔔 Eslatib o'tamiz, vaqtincha ro'yxatga qo'yish muddati to'lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko'rsatilgan muddatgacha amal qiladi. 2026/2027-o'quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so'ng ariza yuborishlari mumkin bo'ladi — ular uchun ham joylar yuqoridagi tartibda ajratiladi.

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

       💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” v...
11/08/2026



💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va Jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish bo‘yicha universitetning ma’sul xodimlari to‘g‘risida ma’lumot!

🎓 Hurmatli talabalar: muammo va murojaatlaringizni keltirilgan telefon raqamlari orqali mas'ullarga berishingiz mumkin.

✅ Telegram

       👍 Endi talabaga turar joy muammo emas!💻 2026-2027-o'quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tex...
11/08/2026



👍 Endi talabaga turar joy muammo emas!

💻 2026-2027-o'quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakultetida tahsil olayotgan talabalarni ijara xonadonlar va 4-sonli Talabalar turar joyiga joylashtirishda mas'ul bo'lgan xodimlar haqida ma'lumot!

🎓 Hurmatli talabalar: har qanday muammo va murojaatlaringizni keltirilgan telefon raqamlari orqali mas'ullarga berishingiz mumkin.

✅ Telegram

Address

108, Amir Temur Ko'chasi
Yunusabad
100202

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712386420

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti:

Shortcuts

Share